UMPT Toshkentning yetakchi universitetlarida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi
2025-yil 17-aprel kuni UMPT kompaniyasi vakillari Toshkentdagi Britaniya Menejment Universiteti hamda Vebster Universitetida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdilar.
 
Tadbir doirasida yarmarka ishtirokchilari — oliy kurs talabalari va bitiruvchilar — korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish hamda UMPTdagi kasbiy imkoniyatlar haqida ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Kompaniya vakillari mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va kasbiy o‘sish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
 
Bunday tashabbuslarda ishtirok etish UMPTga ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash va mashinasozlik sohasida rivojlanishga qiziqqan yosh mutaxassislar bazasini shakllantirish imkonini beradi.