UMPTga Raqamli Iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar Universiteti (UDEA) talabalarining tashrifi boʻlib oʻtdi.

12 martda UMPT zavodiga Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (UDEA) talabalari tashrif buyurishdi.

Ekskursiya bo’lajak mutaxassislarga zamonaviy texnologiyalar va raqamli yechimlarning avtomobil sanoatiga qanday tatbiq etilayotganini bilib olish uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi. Asosiy e'tibor universitetlar va avtosanoat o'rtasidagi hamkorlik masalalariga qaratildi. Biz universitetlar va korxonalar o‘rtasida bilim almashish qanchalik muhimligini, shuningdek, bu innovatsiyalarni rivojlantirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qanday ta’sir qilishini muhokama qildik. Talabalar o‘zlarining nazariy bilimlarini real sharoitlarda qanday qo‘llash mumkinligini bilib oldilar.

 

Bunday uchrashuvlar talabalarning amaliy ko’nikmalari uchun imkoniyat ochadi va korxonalarga iqtidorli yosh mutaxassislarni jalb qilish imkonini beradi, bu esa, o’z o’rnida, sohaning umumiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi.