2025 yil 24 iyun kuni UMPTda CDM (Career Development Month) loyihasi doirasida «Karyera ko‘nikmalari va kompetensiyalar» mavzusida sessiya o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi-kompaniyaning turli bo‘limlarida muvaffaqiyatli karyera qurish uchun asosiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat edi.
Ishtirokchilar xaridlar, moliya, muhandislik va kadrlar bo‘limlari sohalaridagi zamonaviy talablar hamda rahbarlarning xodimlarni tanlash va rivojlantirish borasidagi haqiqiy kutadigan sifatlari bilan tanishdilar.
Sessiyada tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya, moslashuvchanlik, jamoada ishlash, liderlik qobiliyati va o‘zgarishlarga mos professional rivojlanish kabi mavzular muhokama qilindi.