"Sayyoramiz energiyasi" seminari
22 aprelda UMPT hududida energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Xalqaro Yer kuni munosabati bilan tashkil etildi va "Sayyoramiz energiyasi" shiori ostida o‘tkazildi. Seminarni korxonaning bosh energetigi Alisher Seylbekov o’tqazdi.
 
 
Tadbirda ishlab chiqarish, texnik va boshqa bo‘limlardan xodimlar ishtirok etdilar. Ushbu tabdbir energiyani tejash bo‘yicha vazifalarni tushunishga, hamda kompaniyaning ekologik tashabbuslaridagi ishtirokni kuchaytirishga xizmat qildi.
 
 
Uchrashuv davomida energiyani tejovchi loyihalarni joriy etish bo‘yicha asosiy natijalar va yo‘nalishlar taqdim etildi. Ushbu seminarni tashkillashtirishdan asosiy maqsad — xodimlarning resurslardan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha xabardorligini oshirishdir.
 
Korxonaning asosiy yutuqlari:
• 2024 yilda quvvati 410 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi, bu esa 512 MVt·soat elektr energiyasini tejash imkonini berdi.
• 2025 yilda qo‘shimcha 550 kVt quvvatdagi panellar o‘rnatildi. Yil oxiriga kelib jami quvvat 960 kVt ga yetkazilishi rejalashtirilgan.
• Tabiiy gaz va elektr energiyasi sarfini kamaytirish maqsadida quyosh kollektorlari o‘rnatildi.
• Energiya iste’molini nazorat qilish va tahlil etish uchun AСTUE tizimi joriy etildi.
• Dam olish kunlari va tushlik paytida yoritishni o‘chirish amaliyoti yiliga 1 500 000 kVt·soat gacha elektr energiyasini tejash imkonini beradi.
• Elektr tarmog‘ida kuchlanishni barqarorlashtirish va yo‘qotishlarni kamaytirish uchun kompensatsiya qurilmalari o‘rnatilgan.
• 108 kVt quvvatga ega generator Ma’muriy va ho’jalik binosi uchun zaxira elektr ta’minotini ta’minlaydi.
• Chastotani o‘zgartiruvchi qurilmalar energiya sarfini 20–25 % gacha kamaytirish imkonini beradi.
• 100 dan ortiq harakat datchiklari yo‘laklar va sanitariya zonalarida yoritishni avtomatlashtiradi, bu esa ortiqcha energiya sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.
 
Seminar ekologik jihatdan mas’uliyatli yondashuvning muhimligini yana bir bor ta’kidladi va kompaniyaning barqaror rivojlanish va uglerod izini kamaytirish yo‘lidagi intilishini mustahkamladi. Tadbir shiori — qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish — barqaror kelajakka erishish yo‘lidagi asosiy qadam ekanligiga urg‘u beradi.
 
Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, energiya samaradorligini oshirishga doir yechimlarni muhokama qilishdi va zavod hududida o‘rnatilgan quyosh panellari hamda kollektorlarini ko‘zdan kechirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.