“Xavfsiz mexnat sharoiti” 2023 tanlovida birinchi o’rin
Mashinasozlik korxonalari o’rtasida 2023 yilda o’tkazilgan “Xavfsiz mexnat sharoiti” tanlovi natijalariga ko’ra CSS Prime mexanik ishlov berish liniyasi birinchi o’rinni egalladi.
 
Shu munosabati bilan, ushbu mukofotni topshirish maqsadida UMPTga Respublika kasabalar uyushmasi raisi hamda “O’zavosanoat” AJ ning mexnat muhofazasi va Texnika xavfsizligi bo’yicha bosh injener tashrif buyurishdi.
 
Taqdirlash marosimida bizning zavod Mexnatni muhofaza qilish va Texnika xavfsizligi yo’nalishi bo’yicha mamlakatda yetakchi korxona ekanligi ta’kidlab o’tildi. Barcha xodimlarning qilgan xarakati evaziga biz shunday yuqori baxoga ega bo’ldik. Shuni aniqlik bilan aytish mumkinki, zavodimizning xodimlari xavfsizlik madaniyatini qo’llab quvvatlashlari evaziga korxonamizda xavfsiz mexnat sharoitini yanada yaxshilash ustida ishlaydilar.