sayt sinov rejimida ishlaydi
Shomirzayev Shuxrat Shomaxsutovich Мahalliylashtirish, sanoat va axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo'yicha bosh direktorning birinchi o'rinbosari

Muammolarni hal qilish qobiliyati har bir yangi muammo paydo bo'lgani sari mukammallashib boradi. Xatolarimiz biz ularni takrorlamasak, bizni kuchliroq qiladi!

Yetakchining uchta asosiy sifatlari: Mehnatsevarlik; o'ziga bo'lgan ishonch; qat'iyatlilik.

Qiyin vaziyatlardan chiqish yo'lini topishga nima yordam beradi?

Yaxshi g'oyalar qiska tanaffusdan keyin, his-tuyg'ular to'g'ri qaror qabul qilishga

ta'sir kilmayotgan vaqtda paydo bo'ladi

Tavsiya etilayotgan kitob: "Qat'iy menejment", Den Kennedi; "Saodat asri qissalari", Ahmad Lutfiy.

 

UMPT zavodiga kelguncha qanday yo'lni bosib o'tgansiz?

2001 yilda Toshkent Davlat texnika universitetining "Ichki yonuv dvigatellari" yo'nalishi bo'yicha magistraturani tamomlab, Toshkent Motor zavodiga mutaxassisligim bo'yicha ishga joylashdim. Zavodda chilangar-yiguvchi lavozimidan bosh mexanikgacha bo'lgan lavozim zinapoyasidan ko'tarildim. Hammasi yaxshi ketayotgan edi, lekin men ruhiy qoniqishni his qilmasdim va nimadir menga buni boshqa joydan izlashim kerakligini aytardi. 2009 yilda qurilayotgan UMPT zavodi yonidan o'tayotganimizda, o'g'lim mendan “Dada, bu yerda nima qurilyapti?" deb so'radi. Men esa hazil tariqasida "Bu yerda men ishlaydigan zavod qurilyapti", deb javob berdim. Shu paytdan boshlab menda zavodga ishga kirish va jaxon andozalari darajasidagi korxonadagi ishga ega bo'lish g'oyasi paydo bo’ldi. Rezyumeimni topshirib, UMPTda barcha suxbat bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlaganimdan so'ng, men dvigatel yig'ish va sinov liniyasining katta ustasi sifatida o'z faoliyatimni boshladim. Nixoyat, men uzoq vaqtdan beri izlayotgan narsamni bajarayotgan ishlarimdan qoniqish hissini his qila boshladim. UMPT men uchun bilim olishga ulkan imkoniyatlar va ishlab chikarish  jarayonlarining zamonaviy boshqaruvi  mujassam bo'lgan, yangi dunyo eshiklarini ochdi.  Bu yerda har bir xodimga rivojlanish uchun  individual yondashuv qo’llaniladi va har bir  xatoga ko'nikma va bilimlarni mustahkamlash  imkoniyati sifatida qaraladi.  Shuni ta'kidlashni istardimki, agar inson muntazam ravishda bajarayotgan ishdan zavq olsa, demak bu hayotda o'zini topganini anglatadi.  Konveyerli yig'ish liniyasidan chiqqan birinchi dvigatel haqida bizga gapirib bersangiz.  Hozir zavodimizning ishlab chiqarish quvvati kuniga 1000ta dvigatelni tashkil etadi va biz  bundan o'n yil oldin hammasi qanday sodir  bo'lganligi haqida o'ylanmaymiz ham.  O'n yil oldin bitta dvigatelni yig'ish uchun biz bir kun sarfladik va bu yutuq ortida ishga tushirish uchun butun  jamoaning mashaqqatli mehnati yotardi.  Liniyadan chiqarilgan birinchi o'zbek dvigateli sotuvga mo’ljallanmagan va iste'molchiga yetib  bormagan bo'lsada, xorijlik xamkorlar va yosh maksad sari intiluvchan jamoamizning  birgalikdagi mehnatining erkin ramzi sifatida xotiralarimizda abadiy saqlanib  qoladi.  Kuniga 1000 ta jaxon darajasidagi dvigatellar ishlab chiqarish kuchiga ega bo'lish uchun kompaniya  qanday rivojlanish yo'lini bosib o'tishi  kerakligini tasavvur qiling. Kompaniyamiz 2018 yilda xalkaro auditdan so'ng o'sha paytdagi "General Motors" korxonalari uchun eng yuqori  daraja bo'lgan “BIQ 4” darajasini olganida,  "Jahon sifati" maqomini qo'lga kiritdi.  Doimiy  takomillashtirish  biznesdagi  muvaffaqiyat kalitidir. Biz erishilgan yutuqlar  bilan to'xtab qolmay, o'z oldimizga sohaning  aylanish va rivojlanayotgan  respublikamizga o'rnak olish mumkin bo'lgan  korxona bo’lishdek yangi maqsadlarni ko’ydik. 

Avtomobil sanoati bozorida raqobat  kuchayib borayotgan sharoitda zavodimizni qanday tasavvur qilasiz? Biz o'zgarishlarga tayyormizmi?

UMPT O'zbekistonda ichki yonuv dvigatellarini  ishlab chiqaruvchi yagona kompaniya hisoblanadi.  Rivojlanayotgan raqobat sharoitida  dvigatellarni qurish sohasida tayyorlangan  texnik  baza  maxsus o'qitilgan  mutaxassislarning mavjudligi butun sanoat  sohasi uchun raqobatdagi ustunlikdir.  Shuningdek, bizning kompaniyamiz, global ishlab chikarish tizimi GMЅni joriy etish va  jarayonlarni  takomillashtirishga  uzluksiz  ravishda  intilish  tufayli  zamonaviy menejment usullarini qo’llash  bo'yicha namuna bo’la oladi.  O’rta muddatli istiqbolda biz mahsulotlarimiz  tarkibini yangilaymiz hamda yanada yuqori samaradorligi va atrof-muhitga ta'sirining  kamligi bilan ajralib turadigan yangi CSS  Prime dvigatelini taqdim etamiz. Uzoq muddatli  istiqbolda biz sohani o'zgartirishga va to'liq  bozor tamoyillariga o'tishga tayyorgarlik  ko’rmokdamiz. Buning uchun, ayniqsa an'anaviy  avtomobildan elektromobillarga o'tishga  qaratilgan global tendentsiyani hisobga olgan  holda, o'zgarishlarga tayyor bo'lish, muhim  qarorlarni tez va kat'iyat bilan qabul qilish  kerak.  Ichki yonuv dvigatellarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va joriy etish bo'yicha tajribamiz ishlab chiqarish tizimining BIQ 4  darajasigacha rivojlana olganligi biz  muvaffaqiyatga erishish uchun barcha zarur  sa'y-harakatlarni amalga oshirishga tayyor  ekanligimizdan dalolat beradi.