sayt sinov rejimida ishlaydi
Gulyamov Saidazim Mirkamalovich Boshqaruvchi direktor

Katta maqsadlarga kichik usullar bilan erishiladi!

Yetakchining uchta asosiy sifatlari: oldindan ko’ra olish, xalollik, masuliyatlik.

Qiyin vaziyatlardan chiqish yo'lini topishga nima yordam beradi?

Barcha mumkin bo’lgan imkoniyatlarni ko’rib chiqish va eng maqbulini tanlash

Tavsiya etilayotgan kitob: "Yaxshidan buyuklik sari", Djim Kollinz

UMPTdagi ilk faoliyatingiz qanday boshlangan?

2010 yilda ko'plab suxbatlardan muvaffaqiyatli o’tib, moliya departamentida g’aznachilik bo’limi boshlig’i lavozimiga ishga qabul qilindim. Dastlab kompaniyamiz "Uzavtosanoat" AJning sobiq binosida joylashgan bo’lsa, bir necha oydan so’ng kompaniya jamoasi hozirgi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi zavod hududiga ko’chib o’tgan va hozirgi kunga qadar o’z faoliyatini shu yerda davom ettirib kelmoqda.

Chet eldagi ta’lim va ish tajribangiz haqida bizga gapirib bersangiz. Ushbu davrda o’zlashtirgan qaysi yahshi tajribalaringizni zavoddagi ish faoliyatingizda qo’llaysiz?

Men AKShning Arkanzas universitetida tahsil olganman. Menda moliya san’ati bo’yicha bakalavr darajasi (BA) va moliya bo’yicha magistrlik darajasi (MBA) bor. O’zbekistonga qaytgunimga qadar 8 yil davomida bank sohasida turli lavozimlarda ishlaganman. Men xorijdagi faoliyatim davomida uzlashtirgan asosiy amaliyotlarimdan biri bu xodimlarga nisbatan ijobiy munosabat. Fikrimcha, raxbar o’z xodimlariga nisbatan xamdard bo’lishi va yaxshi munosabat ko’rsatishi lozim. Shuningdek, raxbar xodimlariga yaxshi o’rnak bo'lish orqali xodimlarni birlashtiradi va xodimlar o’z maqsadlariga yoki muvaffaqiyatga erishganlarida ularni munosib mukofotlash orqali rag’batlantiradi.

Kompaniyada qiyin vaqtlar bo’lganmi? Agar shunday holat bo’lgan bo’lsa, sizingcha, eng qiyin davr qaysi edi?

Albatta, barcha korxonalarda bo’lgani kabi qiyin paytlar ham bo’lgan. Masalan, 2016 yilda ishlab chiqarish hajmi keskin kamayib, eksport bozorlarida sotuvlar kisqardi. Natijada o’sha yilning birinchi yarmida pul oqimi deyarli bo’lmagan, lekin, ayni paytda, katta hajmdagi ishlab chiqarishni rejalashtirgan holda, yetkazib beruvchilardan xom ashyo va ehtiyot qismlarning katta zaxiralari tayyorlangan edi. Bundan tashqari, UMPT banklar oldidagi katta kredit majburiyatlariga ega bo’lgan. Yetkazib beruvchilar to’lovlar kechikayotganidan shikoyat qila boshlaganlar, uzluksiz e’tiroz xatlari kela boshlagan. Natijada, banklar kompaniya hisoblariga ta’qiq qo’ydi. Naqd pul tushumlari faqat xodimlarning ish hakini to’lash va kommunal to’lovlarni to’lash uchun yetardi. O’sha davrda biz qiyinchilikka duch keldik, _ammo yetkazib beruvchilar bilan uzoq muzokaralardan so’ng biz muammoning yechimi sifatida to’lovlarni kechiktirishga erishdik va banklar bilan qarzlar tarkibini qayta tuzib chiqdik. Yil oxiriga kelib, vaziyat ancha yaxshilandi, keyingi yildan esa barcha qarzlar to’lik to’landi. Mana shu hayotiy tijoriy voqelik mening kompaniyadagi ish faoliyatim davrida duch kelgan va yechimida bevosita ishtirok etgan eng murakkab muammo bo’lgan.

Korxonamizning keyingi 5 yillik istiqbolini qanday ko’rasiz?

So’nggi 4 yil davomida biz 2024 yil yakunlanishi rejalashtirilgan "CSS Prime" loyihasini ishga tushirish ustida ishlamoqdamiz. Bu Asaka shahridagi "Uzavto Motors" tomonidan ishlab chiqariladigan Tracker va Onix avtomobillari uchun yangi turdagi 1.2 litrli va 1,2 litrli Turbo dvigatellarni mahalliylashtirish loyihasidir. Loyiha silindr kallagi va blokiga ishlov berishni, tirsak valini qayta ishlashni va silindr bloklarini quyishni mahalliylashtirishni nazarda tutadi. O’ylaymanki, ushbu loyiha dorasida ishlab chiqariladigan yangi turdagi dvigatellarq bizning korxonamizda mahalliylashtiriladigan, yoqilg’ida ishlaydigan an’anaviy ichki yonuv dvigatelining so’nggi turi bo’ladi. Chunki jahon miqyosidagi o’zgarishlarga nazar solsak, elektr transport vositalariga nisbatan kuzatilayotgan urf asta-sekin bizning o’lkamizga ham yaqinlashib kelmokda. Biz " Uzavto Motors"ning keyingi loyihalarini diqqat bilan kuzatib boramiz va tegishli tarkibiy qismlarni mahalliylashtirish imkoniyatlarini o’rganamiz.

Yosh mutaxassislar uchun tavsiyalaringiz qanday?

O'zingizga katta maqsadlar qo'yishdan qo'rqmang, lekin ularga erishish uchun qadamlarni aniqlang.