sayt sinov rejimida ishlaydi
Arutyunyan Arsen Albertovich Мuhandislik va ishlab chiqarish departamenti direktori

O’zingizdan maksimalini talab qiling - shunda ko’p narsaga erishasiz!

Yetakchining uchta asosiy sifatlari: o’ziga ishonch, murakkab qarorlarni qabul qila olish kobiliyati, strategik fikrlash.

Qiyin vaziyatlardan chikish yo’lini topishga nima yordam beradi?

Asosiy narsaga etibor qaratish qobiliyati va uzoqni ko’ra bilish qobiliyati.

Tavsiya etilayotgan kitob: "Vakt kutmaydi", Jek London

O’zingiz, jamoangiz va departament ishi haqida kiskacha gapirib bering.

Umuman olganda, men O’zbekiston Respublikasining yirik mashinasozlik korxonalarida 18 yildan ortiq umumiy ishlab chiqarish tajribasiga egaman, shundan deyarli 12 yili UMPT dagi faoliyatimga to’g’ri keladi. UMPT da ishlagan vaqtimda turli lavozimlarda, jumladan quyishga doir ishlab chiqarish muhandisidan, quyish sexi boshlig’i, muhandislik ishlab chiqarish departamenti direktorigacha lavozimlarda ishlash imkoniga ega bo’ldim.

Bugungi kunda men rahbarlik qilayotgan departament zavodning asosiy texnologik xizmati bo’lib, dvigatel ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlarini ishlab chiqish, joriy etish va doimiy takomillashtirishga mas'uldir. Shuningdek, muhandislik va ishlab chiqarish departamenti foliyatining eng yirik yo’nalishi korxonada mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bilan bog’lik barcha yangi loyihalarni integratsiyalash va joriy etishda, yangi zamonaviy dvigatel turlari uchun yangi texnologiyalar va uskunalarni joriy etishda yetakchi o’rinda tutadi.

Bizning bo’lim jamoasi dvigatellarni ishlab chiqarish, ishni tashkil etish va GM-GMS tizimi jarayonlari bo’yicha noyob texnik bilimlarga ega. Jamoa, shuningdek, korxonamizdagi kross-funktsional departament va bo’limlarning texnik xodimlari salohiyatini oshirishda xam, "O’zavto" tizimidagi boshqa mahalliylashtirish korxonalarining mutaxassislarini qo’llab-quvvatlash sifatida ham doimiy ishtirok etib kelmoqda.

UMPT dagi faoliyatingiz davomida amalga oshirishga muvaffaq bo’lgan eng keng ko’lamli va qiziqarli loyihalaringiz qaysilar?

UMPTdagi faoliyatim davomida men korxonamizda va sanoatda bir qator qiziqarli va tijorat jihatdan foydali loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ldim:

- UMPT quyish sexida BDOHC 1,2 l va 1,5 l quymalarini ishlab chiqarishni integratsiyalash loyihasida quyish sexini ishga tushirishda bevosita ishtirok etish;

- 10 yildan ortik faoliyat yuritayotgan quyish sexining asosiy qismi va eritish uchastkasi uchun gaz bug’latgichlar tizimiga ega birinchi azot tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

- texnologik uskunalarni noyob joylashtirish va tanlash bilan alyuminiy qirindisini qayta eritish jarayonini ishlab chiqish va joriy etish (yiliga 1 million dollardan ortiq tejamkorlik);

- gaz gorelkalarining joyini o’zgartirish yo’li bilan eritish uskunasini modifikatsiya qilish (ishlab chiqarishda gaz sarfini doimiy ravishda 12% tejash);

- mexnat samaradorligini oshirish tizimini (Plant Productivity), TIP jarayonini optimallashtirishni texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish tizimini (Total Productive Maintenance) joriy etish:

- BIQ 3 va BIQ 4 sertifikatlashdan muvaffaqiyatli o’tish uchun UMPT, UzAuto (Asaka sh.) va UzAuto (Pitnak sh.) zavodlari uchun kadrlar tayyorlash va GMS tizimini yaratishda yordam berish;

- Amaldagi CSS Prime loyihasida yangi turdagi CSS Prime dvigateli (L4H, LIF) uchun ishlab chiqarish integratsiyasi menejeri, shuningdek CSS Prime dvigatellari uchun silindr bloklarini quyib ishlab chiqarishni HPDC mahalliylashtirish bo’yicha loyiha menejeri sifatida yetakchi rol.  Ish vaqtingizda qanday qiyinchiliklarga duch kelasiz va bunday vaziyatlardan qanday chiqasiz?

Muhandislik va ishlab chiqarish departamenti, texnologik xizmat sifatida, ishlab chiqarish muammolarini hal qilish va xarajatlarni kamaytirish, yo’qotishlarni kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirish uchun optimal texnik yechimlarni topishga doimiy e’tibor qaratadi. Bu ish bir daqiqa ham to’xtamaydi. Departament boshqa avtomobilsozlik kompaniyalarining muhandislik xizmatlari hamda GMning tegishli zavodlari bilan yaqin texnik aloqalarni davom ettirmoqda.