Lifelong learning – bu Kompaniyamiz xodimlarining turmush tarzi. Uzluksiz ta’lim professional va shaxsiy kompetentsiyalarni doimiy ravishda yaxshilash, martaba zinapoyasidan yuqoriga ko‘tarilish va ko‘proq daromad olish imkonini beradi.
UzAuto Motors Powertrain doimiy ta’lim olishga ishtiyoqmand xodimlarini qanday qo‘llab-quvvatlaydi:
“UzAuto Motors Powertrain” AJda homiylik
Homiylik dasturi eng iqtidorli talabalarga oliy o‘quv yurtlarida mutlaqo bepul o‘qish, shuningdek, o‘qishni tugatgandan so‘ng “Uzauto Motors Powertrain” AJ Kompaniyasining bir qismi bo‘lish imkoniyatini beradi.
“Uzauto Motors Powertrain” AJ homiylik dasturi quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
- Mamlakatning yosh avlodini oliy ma’lumot olishda qo‘llab-quvvatlash;
- Kompaniyani barqaror kadrlar zaxirasi bilan ta’minlash.
Prezident dasturi bo‘yicha trening
Kompaniya Prezidentning 2019-yil 17-iyundagi 4359-sonli qaroriga binoan xodimlarning universitetda o‘qishi uchun pul to‘laydi.
O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga kirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- ish beruvchining tavsiyalari asosida oliy o‘quv yurtlariga imtihonlarsiz, suhbat natijalari bo‘yicha kirish;
- To‘lov – kontrakt asosida;
- Ish beruvchining biznes ehtiyojlari mavjud bo‘lganda.
O‘qish xarajatlarini qoplab berish imkoniyati
Kompaniya rivojlanish va malakasini oshirish istagidagi xodimlarni qo‘llab-quvvatlaydi va universitetlar hamda o‘quv markazlarida o‘qish xarajatlarini qoplab beradi.