Korporativ treninglar

Funksional va texnik treninglar

Muayyan sohada kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga qaratilgan treninglar, seminarlar, mahorat darslari, kurslar va boshqa o‘quv dasturlari (masalan: ishlab chiqarish, muhandislik).

Natijada, olingan nazariy va amaliy bilimlar to‘plami ma’lum bir funksional / texnik mutaxassislik bo‘yicha ishlashga imkon beradi.

Bizda quyidagi funksional treninglar o‘tkaziladi:

  • “Siemens” uskunalari bo‘yicha trening;
  • Q-Stat ma’lumotlarini tahlil qilish bo‘yicha trening;
  • 3-D modellashtirish va boshqalar.

 

Yetakchilik bo‘yicha treninglar

Yetakchilik bo‘yicha treninlar – bu shaxsiy va yetakchilik mahoratlarini rivojlantirishga qaratilgan treninglar, seminarlar, mahorat darslari, kurslar va boshqa o‘quv dasturlari. 

Bizda “Notiqlik san’atini o‘rgatish”, “Jamoani samarali shakllantirish”, “Konstruktiv fikr bildirish”, “Qiyin suhbatlar”, “Strategik fikrlash”, “Karyerani boshqarish” va boshqa shu kabi treninglar mavjud.

Yetakchilik mahorati UMPT Kompaniyasida xodimlarning martaba rivojlanishida muhim element hisoblanadi.

 

 

Ish joyida trening

Ish joyida o'qitish doimiy ravishda amalga oshiriladi va amaliy vazifalarni bajarish orqali rahbardan xodimga (masalan, ustadan – xodimga) yoki hamkasbidan hamkasbiga bilim va ko‘nikmalarni bo’lishish jarayonidir.

Bu tajribali o'qituvchilar, murabbiylar, mutaxassislar va menejerlar rahbarligida bilim, ko'nikma, mahoratlarni o'zlashtirishning uyushgan jarayonidir. 

 

 

Rotasiya

Rotatsiya bu xodimning korxona bo‘linmasi ichidagi bir lavozimdan boshqa teng keladigan lavozimga gorizontal harakati yoki uning lavozimini o‘zgartirmasdan lavozim vazifalarini o‘zgartirishidir. 

Kompaniya xodimlarini rivojlantirish uchun bir lavozimdan boshqa lavozimga o‘tkazish xodimlarga yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga imkon beradi, hamda bu kadrlar zaxirasini tayyorlashning samarali vositasidir.