Xodimlarni rivojlantirish loyihalari

Karyera va kasbiy rivojlanish UMPT xodimlari hayotidagi eng muhim elementlardir. Ofis va ishlab chiqarish xodimlari har yili yetakchilik va texnik kompetentsiyalarni rivojlantirish bo'yicha turli dasturlarda qatnashadilar. 

 

"UzAuto Motors Powertrain"da Karyerani rivojlantirish oyi  

Karyerani rivojlantirish oyi - bu har yili o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, unda xodimlar shaxsiy o‘sish bo‘yicha treninglarda qatnashadilar, bo‘lim rahbarlari o‘zlarining muvaffaqiyat hikoyalarini gapirib beradilar va har xil mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Karyera oyi turli xil o‘quv va maslahat tadbirlari taqvimini, turli mutaxassislar va kompaniya rahbarlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni ta’minlaydi.

2023-yildagi Karyerani rivojlantirish oyida Kompaniyaning 300 dan ortiq xodimlari ishtirok etishdi va UMPTda martaba o‘sishi imkoniyatlari bo‘yicha turli sessiyalar o’tkazildi, tadbir ishtirokchilari kadrlar zaxirasini shakllantirish tamoyillarini va martaba zinapoyasidan qanday qilib samarali o‘sishni bilib oldilar.

 

 

Kompensatsiya va imtiyozlar oyi

Kompensatsiya va imtiyozlar oyi doirasida Kompaniyaning motivatsion dasturlari va ish haqi tizimi bo‘yicha bir qator seminarlar o‘tkaziladi.

Kompensatsiya va imtiyozlar oyi quyidagi sessiyalarni o‘z ichiga oladi:

  • Mahsulot tannarxi va uning xodimlar ish haqiga ta'siri;
  • Kompensatsiya va imtiyozlar tizimi va “Natijalar uchun to‘lov” strategiyasi;
  • Baholash tizimi va uning ish haqiga ta’siri;
  • Kayzen;
  • Choraklik mukofotlash;
  • Ish haqini hisoblash qoidalari;
  • Kasaba uyushmalarining kompensatsiya va imtiyozlari.

Ishlab chiqarish jarayonidan tortib ish haqi jarayonigacha bo‘lgan keng qamrovli ma’lumotlar orqali Kompaniya xodimlari kompaniya faoliyati va o’zlarining biznesning umumiy ko‘rsatkichlariga shaxsiy ta’siri haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ladilar.

 

S.T.E.A.M. Academy va Leadership Transformation Program

S.T. E. A. M Academy va Leadership Transformation Program kadrlar zaxirasini tayyorlash dasturlari UzAuto Motors Powertrain Kompaniyasi xodimlarining martaba rivojlanishi uchun noyob imkoniyatdir.

12 oy ichida Kompaniya xodimlariga ularni qiziqtirgan yo‘nalishlarda kasbiy va boshqaruv mahoratlari darajasini oshirish imkoniyati beriladi.

Yil davomida dastur ishtirokchilari murabbiylar bilan birgalikda o‘zlarining kasbiy va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantiradilar, individual ravishda tanlangan treninglarda qatnashadilar va o’zlari istagan faoliyat sohalarida kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. 

 

Team Leader Certification Program

Bu UzAuto Motors Powertrainda ishlab chiqarish xodimlari uchun yetakchilik qobiliyatini oshirish dasturidir.

Kompaniyamiz ishlab chiqarish xodimlarini rivojlantirishga katta e’tibor beradi. Bu uchun maxsus “Team Leader Certification Program” liderlik mahoratlarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan va joriy etilgan.

Dastur yetakchilik, menejment va ichki biznes jarayonlari bo‘yicha sessiyalarni o‘z ichiga oladi.