UMPT talabalarning rivojlanishini qo'llab-quvvatlaydi va oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning professional o'sishiga imkoniyatlar yaratishga intiladi.
6-mart kuni zavodimizga Toshkent davlat transport universiteti talabalari tashrif buyurishdi. Ular uchun zavod bo’ylab ekskursiya tashkil etildi. Talabalar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, yuqori sifatli dvigatellar qanday ishlab chiqarilishini o'z ko'zlari bilan ko'rishdi. Bunday tadbirlar talabalarga nafaqat nazariy bilimlar, balki sanoatning haqiqiy ish jarayonlari bilan yaqindan tanishishga imkon beradi. Tadbir davomida bo’lajak mutaxassislar bizning ekspertlarimizga savollar berishdi, innovatsiyalar va avtomobil sanoatidagi so'nggi tendensiyalarni muhokama qilishdi.
Bunday tajriba talabalarni yanada rivojlanishga undaydi va avtomobil sanoatida muvaffaqiyatli karyera qurish uchun muhim qadam hisoblanadi.