UMPT da "Office Day"

2025-yil 12-iyun kuni UMPT zavodida CDM (Career Development Month) loyihasi doirasida navbatdagi sessiya, “Office Day” bo‘lib o‘tdi. Ushbu kunda tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan ishlab chiqarish xodimlari bir kunlik ish faoliyatini ofis muhitida o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

 

Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi - xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish, ofis bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, ishlab chiqarish va ofis o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat edi.

 

CDM loyihasi UMPT xodimlari uchun yangi imkoniyatlarni yaratishni davom etmoqda, kasbiy o‘sish, tajriba almashinuvi va yanada mustahkam korporativ madaniyatni shakllantirish uchun asos yaratmoqda. UMPT — har bir xodim o‘sishi mumkin bo‘lgan maskan.