Mart 2021: Navro'z

Navro'z bayrami sharafiga zavod hududida tantanali tadbir tashkil etildi.

Bosh direktorning tabrik so'zlaridan so'ng, xodimlar turli xil sport tadbirlarida qatnashdilar. Sport tadbirlaridan tashqari, xodimlar kompaniyaning logotipi jumboqini yechish, tadbir boshlovchisining musobaqalarida va kulolchilik buyumlarini yasashda o'zlarini sinab ko'rishdi. Eng faol ishtirokchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.