UMPT AJda Boshqaruvchi direktor Saydazim Gulyamovning Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Joriy yil 16-oktabr kuni UzAuto Motors Powertrain (UMPT) AJda Boshqaruvchi direktor Saydazim Gulyamovning Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv AО «Uzavtosanoat» tizimidagi korxonalar uchun yosh, iste'dodli kadrlarni jalb qilish maqsadida oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik dasturining bir qismi hisoblanadi.

Saydazim Gulyamov UMPT, uning missiyasi va qadriyatlari haqida taqdimot o'tkazib, talabalarga yangi loyihalar haqida foydali ma'lumotlarni ulashdi. Saydazim Gulyamov UMPTda doimo yosh, intiluvchan va iste'dodli talabalarni kutib olinishlariga alohida e'tibor qaratdi.

Uchrashuvda asosiy mavzular sifatida UMPTda stajirovkalar va ishga joylashish imkoniyatlari, avtomobil sanoatida mutaxassislarga zarur bo'lgan kompetentsiyalar va professional tajriba orttirish va rivojlanish dasturlari alohida qiziqish bilan muhokama qilindi.

Tashrif doirasida talabalar bilan ishlab chiqarish uchastkalariga ekskursiya o'tkazilib, ularga sifat nazorati quyish laboratoriyasi va quyish tsexining ishlash jarayoni haqida batafsil ma'lumot berildi. Shundan so'ng, ekskursiya dvigatel detallarini mexanik qayta ishlash jarayoni va B-DOHC dvigatelining yig'ish liniyasi uchastkalarida davom ettirildi. Zavod bo'ylab ekskursiyadan so'ng, ishtirokchilarga savollar va javoblar sessiyasida ishtirok etish imkoniyati taqdim etildi.

Yangi yosh mutaxassislarini tayyorlash - UMPT zavodi va butun avtomobil sanoati uchun muhim vazifadir.