CDM loyihasi doirasida o‘quv mashg‘uloti
2025-yil 9-iyun UMPT zavodida CDM loyihasi doirasida «Maqsadlarni va karyera yo‘lini rejalashtirish» mavzusida sessiya o‘tkazildi. Sessiya ma’ruzachilari sifatida xodimlarni saralash bo‘limi boshlig‘i Muxiddinov Kamoliddin va xodimlarni baholash bo‘yicha yetakchi ekspert Alieva Inessa ishtirok etib, xodimlarga maqsadlarni belgilash hamda karyerani qurish usullari haqida ma’lumot berishdi.
Tadbir yakunida o‘tilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash uchun interaktiv viktorina o‘tkazilib, faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ushbu sessiya UMPT zavodi xodimlarining professional maqsadlarga erishishi hamda shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kadrlarni rivojlantirish dasturining bir qismi bo‘ldi.