Toshkent Turin politexnika universiteti talabalarining tashrifi

27-mart kuni “UzAuto Motors Powertrain” AJ zavodiga Toshkentshahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tashrif buyurishdi. Ushbu tashrifning e’tiborli jihati shundaki, talabalar orasida shaxmat boʻyichaxalqaro grossmeysterlar, xalqaro olimpiada gʻoliblari Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorovlar bor.

 

Dastlab mehmonlar uchun zavod boʻylab ekskursiyatashkil etildi. Talaba‑yoshlar korxonamizning zamonaviy va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, yoshlarga zamonaviytexnologiyalar va raqamli yechimlarning yurtimizda avtomobil sanoatiga qay darajada tatbiq etilayotgani, milliy avtomobilsozlikdagi bugungi amaliynatijalar aniq misollar va jonli jarayonlar orqali koʻrsatib berildi. Ekskursiya davomida korxonadagi ilgʻor texnologiya bilan ishlab chiqarilayotgan butlovchiqismlar va yaxlit mahsulotlarning tayyorlanish bosqichlari haqida talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar atroflicha javoblar berdilar.

 

Tashrif yakunida tashkillangan “UzAutoMotors Powertrain” AJ Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Saidazim Gulyamovning talabalar bilan uchrashuvi samimiy va ochiq ruhda oʻtdi. Suhbat davomida talaba-yoshlargata’lim olish va istiqbolli kadr boʻlib yetishish borasida tavsiyalar berildi. Shuningdek, “O‘zbekiston iftixorlari” bilan yurtimizda shaxmat rivoji vayoshlarimizning xalqaro maydonda koʻrsatayotgan yorqin natijalari ham qizgʻin e’tirof etildi. S. Gulyamov yoshlar orasidan kelajakda mamlakatimizning yangi grossmeysterlari yetishibchiqishiga ishonch bildirgan holda talabalar va shaxmatchilarga kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.