Dekabr 2022: CSS Prime turbo dvigatellarini ishlab chiqarish bo’yicha yangi liniya ishga tushirildi
UzAuto Motors Powertrain zavodida yangi turdagi CSS Prime turbo dvigatellarini ishlab chiqarish bo’yicha yangi liniya ishga tushirildi. Bu butun avtomobil sanoati uchun muhim bo’lgan voqea. Ushbu dvigatellar Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarishda qo'llaniladi.
 
Ushbu dvigatellar to’liq UzAuto Motors Powertrain korxonasi hududida yig’iladi, bu esa Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini mahalliylashtirishning umumiy foizini oshiradi.
Yuqori ishlab chiqarish qobiliyati, kam yoqilg’i sarfi va turbinaning mavjudligi ushbu dvigatellarning o'ziga xos xususiyatidir. Shuningdek, dvigatellar xavfsizlik, ishonchlilik va ekologik tozalik bo’yicha barcha talablarga javob beradi.
Dvigatellar 66 kVt (89 ot kuchi) bilan CSS Prime 1.2 LIF atmosferali va 97 kVt (131 ot kuchi) quvvat bilan CSS Prime 1.2 L4H turbo dvigatellarni o’z ichiga oladi.
Yangi liniya ishga tushirilgandan keyin zavodning umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga ichki yonuv dvigatellari bilan taxminan 400 000 dvigatelni tashkil etadi. 2022 yilning yanvar oyidan CSS Prime dvigatellarini ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish liniyasini montaj va o’rnatish ishlariga start berildi. Barcha jarayonlar, shu jumladan uskunalarni sozlash bir yildan kamroq vaqt ichida amalga oshirildi.
Yangi liniya Fransiya, Germaniya, Xitoy va Koreya yetakchi ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy texnikalari bilan jihozlangan.
2008 yilda zavod qurilishi boshlangan bo’lsa, 2011 yilda zavod konveyeridan birinchi dvigatel chiqqan.
Bugungi kunda UzAuto Motors Powertrain zavodi MDHda ichki yonuv dvigatellarni ishlab chiqaruvchisi bo’lgan yagona zavoddir. Shuningdek, O’zbekistonda sanoat chiqindi suvlarini teskari osmos usulida chuqur tozalash tizimidan foydalanadigan bitta-yu bitta zavoddir.