2021 yilning 1 dekabr kuni «O‘zAvto Motors Pauertreyn» AJ xududida «Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq» mavzusida ijodiy (amaliy) yondashuv asosida tizimda korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, zamonaviy aksilkorrupsion tizimlarni joriy etish kabi masalalarni qamrab oluvchi davra suhbati tashkillashtirildi. Tadbirda sohaga tegishli bo‘lgan mutaxassislar – Bosh prokuratura Akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy ta’lim markazi boshlig‘i Ismailov B.I., Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi ma’sul xodimi Latipov O.A. qatnashdilar.
Jumladan, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirishga qaratilgan ustuvor chora-tadbirlar, ularning ijrosi yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Komplayens xizmati faoliyati haqida ham atroflicha so‘z yuritildi. Tadbirda jami 35 nafar xodim ishtirok etdi.