sayt sinov rejimida ishlaydi
“UzAuto Motors Powertrain” aktsiyadorlik jamiyatida 9-dekabr' – xalqaro korruptsiga qarshi kurashish kuniga bag'ishlangan “Ochiq eshiklar kuni tadbiri”

O'zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan “9 dekabr' - Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag'ishlangan Aksilkorruptsiya oyligi munosabati bilan “Uzavto Motors Pauertreyn” AJda “Ochiq eshiklar kuni tadbiri” o'tkazildi.


Shu munosabat bilan, AO “Uzavto Motors Pauertreyn” aktsiyadorlik jamiyati faoliyatining ochiqligini ta'minlash, keng jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorligini ta'minlash, korruptsiyaga qarshi kurashish tizimi faoliyati bilan tanishtirish hamda ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bilan muloqot o'rnatish maqsadida tadbirda Jamiyat, “Uzavtosanoat” AJ Komplaens, ishlab chiqarish va moliyaviy xavflarni monitoring qilish departamenti, Toshkent shahar Sergeli tuman hokimiyati, Huquqni muhofaza qilish organlari, AO “Uzavto Motors Pauertreyn” korxonasining ta'minotchilari, biznes xamkorlari va tijoriy banklar vakillari ishtirok etdi.

 


Ishtirokchilarga avtomobilsozlik sohasida, hususan Jamiyatda keng miqyosda amalga oshirilgan islohotlar, korruptsiyaga qarshi kurashish tizimi va uning natijadorligi hamda ochiqlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xaqida taqdimot o'tkazilib, batafsil ma'lumot berildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 27 maydagi “O'zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF 5729-sonli Farmoniga ko'ra, 2020 yil 01 aprelga qadar davlat ulushi mavjud tashkilotlarda “Komplaens nazorat” tizimini joriy qilish talabi asosan Jamiyatda korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha komplaens tizimi xalqaro standartlar va qonunchiligimizning asosiy tamoyillariga asosan “Komplaens xizmati” joriy qilindi. 
Mazkur tizimning asosiy maqsadi korruptsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, baholash va bartaraf etish, shuningdek, ularga qarshi samarali kurashishdan borasida anjuman ishtirokchilariga batafsil ma'lumotlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar va keng jamoyatchilik vakillarining savollariga javob berilib, ular uchun mahsus ekskursiya tashkil etilib, ular “UzAuto Motors Powertrain” AJdagi ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishga hamda zavod tarixi, ichki yonuv dvigatellarini ishlab chiqarishga oid qiziq ma'lumotlarga ega bo'ldilar.