Loyiha UzAuto Motors Powertrain kompaniyasining asosiy biznes jarayonlari haqida xodimlarning xabardorligini oshirishga qaratilgan.
Yaqinda ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan sessiyada Sifat nazorati departamenti direktori Fizuli Kashimov chiqish qildi.
Trening davomida Fizuli Kashimov kompaniya umumiy maqsadlariga erishishda har bir bo‘limning o‘rni haqida batafsil so‘zlab berdi. Ishtirokchilar turli bo‘linmalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mahsulot sifati va umumiy ish samaradorligiga qanday ta'sir ko‘rsatishini bilib oldilar. Ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida — loyihalashdan tortib yakuniy yig‘uvgacha — sifat nazoratining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Trening yakunida interaktiv o‘yin o‘tkazildi, unda ishtirokchilar dvigatellarni tahlil qilib, kamchiliklarni aniqladilar. Bu nafaqat olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, balki turli bo‘limlar hamkorligi yakuniy mahsulot sifatini oshirishga qanday hissa qo‘shishini chuqurroq tushunish imkonini berdi.