2025 yil 3 iyun kuni UzAutoMotors Powertrain kompaniyasi zavod atrofidagi Chortoq Ariq hududida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili”, hamda “Butunjahon atrof-muhit muhofazasi kuni” munosabati bilan xashar tashkil etildi.Tadbirning maqsadi — birgalikda atrof-muhitni plastik chiqindilardan tozalash, ekologik madaniyatni oshirish va jamiyat e’tiborini tabiatning plastik bilan ifloslanishi muammosiga qaratishdan iborat bo’ldi.
Xashar Sergeli tumani hokimiyati, Sergeli tumani Ichki ishlar bo’limi va Sergeli-“Maxsustrans”ATF hamkorligida tashkil etilib, UMPT kompaniyasidan 100 dan ortiq hodimlar ishtirok etib o’z hissalarini qo’shdilar.
Tadbir dasturida Chortoq ariq kanali atrofi va uning yonidan o‘tuvchi yo‘l maishiy chiqindilaridan, asosan plastic chiqindilardan tozalandi. Shuningdek, chiqindilar bilan to‘g‘ri muomala qilish bo‘yicha aholining xabardorligini oshirish maqsadida axborot taxtalari o‘rnatildi.Biz ushbu tadbirda qo‘shilgan barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Toza atrof muhit — bu birgalikdagi sa’y-harakatlarning natijasi bo‘lib, har bir ishtirokchi ushbu muhim tadbirning bir qismiga aylandi.