UzAuto Motors Powertrain zavodida "VUCA Challenge" biznes-simulyatsiyasi!
29-aprel kuni UzAuto Motors Powertrain zavodida DEVELOR Central Asia kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan "VUCA Challenge" biznes-simulyatsiyasi bo'lib o'tdi. Simulyatsiyada kompaniya yuqori rahbariyati, shu jumladan, Bosh direktor v.v.b. Saidazim Gulyamov boshchiligida ishtirok etdi.
Simulyatsiyaning markazida — tez o'zgarayotgan VUCA dunyosida (volatility, uncertainty, complexity, ambiguity) o'zgarishlarni boshqarish masalasi. Ishtirokchilar noaniq muhitda strategik qarorlar qabul qilish uchun amaliy vositalarni o'rgandilar va ulardan foydalandilar, barqaror biznes natijalariga erishishga e'tibor qaratdilar.
Bunday tadbirlar rahbarlik kompetentsiyalarini kuchaytirish va jamoaning moslashuvchanligini oshirishga yordam beradi, bu esa UzAuto Motors Powertrain kompaniyasiga biznes dunyosida bir qadam oldinga borish imkonini beradi.