O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakilalari UMPT kompaniyasiga tashrif buyurdi.
UMPT kompaniyasida Women’s Board loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (IIV) vakilalari tashrifi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ishlab chiqarish bo‘limi, ofis hamda pudratchi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ayol xodimalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida xotin-qizlar bilan ishlash uchun mas’ul xodimalar, shuningdek, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish departamentining yetakchi mutaxassislari chiqish qildilar. Ular ishtirokchilarga kiberxavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy himoya va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etdilar.
Alohida e’tibor ayollar jismoniy zo‘ravonlik tahdidi yoki holatida qanday harakat qilishlari kerakligi, qaysi tashkilotlarga murojaat etish, qanday qilib huquqiy yordam olish va bu kabi holatlar haqida qayerga xabar berish lozimligi masalalariga qaratildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va mutaxassislardan bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.