Ayollar salomatligiga bag‘ishlangan navbatdagi Women’s Board sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

6-dekabr kuni ayollar salomatligiga bag‘ishlangan navbatdagi Women’s Board sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti “Onkologiya, onkogematologiya va radiatsion onkologiya” kafedrasi assistenti, Tashkent Medical Park by Urologic Complex klinikasining onkomammolog-hirurg shifokori Dallo Salva Faekovna ishtirok etdi. U uchrashuv davomida sog‘liqni saqlash, kasalliklarning oldini olish va muntazam tibbiy ko‘riklarning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

 

Sessiya faol muloqot shaklida o‘tdi: ishtirokchilar mavzuga katta qiziqish bildirdilar va o‘z savollariga professional javob oldilar. Uchrashuv nafaqat ma’rifiy, balki o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lish uchun motivatsion ham bo‘ldi.