Yorqin hissiyotlar va ijod: 8-martga bag'ishlangan tadbir UMPTda qanday o'tdi

7-mart kuni UzAuto Motors Powertrain korxonasida Xalqaro ayollar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

 

Kompaniya rahbariyati hamkasblarimizga chin dildan minnatdorchilik bildirib ushbu go'zal bayram bilan tabrikladi. Minatdorchilik sifatida har bir qizga yoqimli sovg'a taqdim etildi, bu esa quvonchli va bayramona muhitni yanada boyitdi.

 

Eng unutilmas lahzalardan biri Resin Art bo'yicha qiziqarli ustozlik darsi bo'ldi. UMPT jamoasining qizlari epoksid smolasi va rang-barang pigmentlar yordamida noyob san'at asarlarini yaratishda o'zlarini sinab ko'rishdi.

 

Bizning ajoyib hamkasblarimiz ko'plab ijobiy hissiyotlar, iliq so'zlar va yoqimli kutilmagan sovg'alarga ega bo'lishdi.