Qizlar va ayollar orasida raqamli savodxonlikni rivojlantirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlash.

UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekistondagi Taraqqiyot Dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida Tech4Impact tomonidan tashkil etilgan, qizlar va ayollar orasida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish tashabbusini qoʻllab-quvvatlashda ishtirok etdi. Ushbu tashabbus "Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni oʻrganish imkoniyatlarini kengaytirish" dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

 

2025-yil 6-fevral kuni UMPT korxonasiga IT-universitetlarining talabalari va bitiruvchilari tashrif buyurishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar Ekologiya bo‘limi faoliyati bilan tanishib, korxonada amalga oshirilayotgan asosiy ekologik tashabbuslar haqida ma’lumot oldilar; IT-mutaxassislari bilan suhbatlashib ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladigan uskunalar va dasturiy ta’minot haqida bilib oldilar; Ayollar kengashining zavoddagi faoliyati va ayollar jamiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar haqida ma'lumotlar oldilar. Shundan so‘ng, ishtirokchilar UzAuto Motors Powertrain zavodi bo‘ylab ekskursiyada qatnashib, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.