“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi

2025-yilning 14-fevral kuni “UzAuto Motors Powertrain” kompaniyasi Alfraganus universitetida tashkil etilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida ishtirok etdi. Ushbu yarmarkada Kompaniya vakillari universitet talabalari bilan jonli muloqot qilishdi, ularga Kompaniya, unda amaliyot o‘tash tartibi va mavjud bo’sh ish o’rinlari to‘g’risida ma’lumotlar berildi. Mehnat yarmarkasi davomida ko‘plab talabalar UMPT da amaliyot o‘tash va o‘z karyerasini shu kompaniyadan boshlash istagini bildirishdi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, tashkil etiladigan mana shunday mehnat yarmarkalari Oliy o‘quv yurtlari va korxonalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi va ikki tomonlama manfaatlarni ko’zda tutadi.