Kompaniyamiz bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarida ishtirok etdi

2024-yil aprel oyida kompaniyamiz quyidagi oliygohlarda o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarida ishtirok etdi:

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, AMITY universiteti, Vebster universiteti, Britaniya menejment universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti va Toshkent davlat transport universiteti.

 

 

Yarmarkalarda ishtirok etgan chog‘imizda ko‘plab talabalar korhonamizdagi bo‘sh ish o‘rinlari hamda amaliyot dasturiga kotta qiziqish va e’tiborlarini qaratishdi.

 

 

Bunday uchrashuvlar iqtidorli talabalar uchun professional muhitda o‘z o‘rnini topish va O‘zbekiston mehnat bozori miqiyosida eng yirik ish beruvchilar faoliyati bilan bevosita tanishish uchun ideal imkoniyatdir.

Agar siz jamoamizning bir qismi bo‘lishni istasangiz, kompaniya veb-saytida rezyumeingizni qoldirishingiz mumkin.