General Motors delegatsiyasi UMPTGA tashrif buyurdi
2025-yil 22-may kuni UzAuto Motors Powertrain (UMPT) zavodi General Motors kompaniyasining yuqori lavozimli vakillaridan iborat delegatsiyasini qabul qildi.
 
Delegatsiya komplaens (kompaniyada qonuniylik va etik me'yorlarga rioya etilishi) masalalari bo‘yicha seminar va kompaniya rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun tashrif buyurdi.Tadbir UMPT hududida “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan tashkil etilgan komplaens seminaridan boshlandi. Seminarda asosan korporativ muhitda axloqiy me’yorlarga rioya qilish, shaffoflik va huquqiy javobgarlik masalalariga e’tibor qaratildi.Seminarda asosiy nutq bilan General Motors International vitse-prezidenti Tommi Xosea ishtirok etib, komplaens tamoyillariga sodiqlik barqaror va mas’uliyatli biznesning asosi ekanini ta’kidladi.
 
Delegatsiya tarkibiga shuningdek, GM-UZ bosh direktori Dongchan Kim, General Motorsning global xaridlar va yetkazib berish tizimi direktori hamda Yaqin Sharq va Okeaniya, Yevropa va Afrika bo‘yicha bosh yuristi Luiz Villamizar ham kiritilgan edi.Seminar yakunida General Motors vakillari UMPT rahbariyati bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar chog‘ida janob Tommi Xosea UMPTda ishlab chiqarilgan silindr bloklarini GM’ning Meksikadagi ishlab chiqarish maydonlariga eksport qilishdagi qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildirdi.
Tomonlar shuningdek, joriy loyihalar, ishlab chiqarish samaradorligi va innovatsion yondashuvni oshirishga qaratilgan yangi texnologik yechimlarni joriy etish hamda lokalizatsiya imkoniyatlarini muhokama qildilar. Amaldagi va kelgusi o‘zaro manfaatli tashabbuslar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.