Muammolarni hal qilish qobiliyati har bir yangi muammo paydo bo'lgani sari mukammallashib boradi. Xatolarimiz biz ularni takrorlamasak, bizni kuchliroq qiladi!
Yetakchining uchta asosiy sifatlari: Mehnatsevarlik; o'ziga bo'lgan ishonch; qat'iyatlilik.
Qiyin vaziyatlardan chiqish yo'lini topishga nima yordam beradi?
Yaxshi g'oyalar qiska tanaffusdan keyin, his-tuyg'ular to'g'ri qaror qabul qilishga
ta'sir kilmayotgan vaqtda paydo bo'ladi
Tavsiya etilayotgan kitob: "Qat'iy menejment", Den Kennedi; "Saodat asri qissalari", Ahmad Lutfiy.
UMPT zavodiga kelguncha qanday yo'lni bosib o'tgansiz?
2001 yilda Toshkent Davlat texnika universitetining "Ichki yonuv dvigatellari" yo'nalishi bo'yicha magistraturani tamomlab, Toshkent Motor zavodiga mutaxassisligim bo'yicha ishga joylashdim. Zavodda chilangar-yiguvchi lavozimidan bosh mexanikgacha bo'lgan lavozim zinapoyasidan ko'tarildim. Hammasi yaxshi ketayotgan edi, lekin men ruhiy qoniqishni his qilmasdim va nimadir menga buni boshqa joydan izlashim kerakligini aytardi. 2009 yilda qurilayotgan UMPT zavodi yonidan o'tayotganimizda, o'g'lim mendan “Dada, bu yerda nima qurilyapti?" deb so'radi. Men esa hazil tariqasida "Bu yerda men ishlaydigan zavod qurilyapti", deb javob berdim. Shu paytdan boshlab menda zavodga ishga kirish va jaxon andozalari darajasidagi korxonadagi ishga ega bo'lish g'oyasi paydo bo’ldi. Rezyumeimni topshirib, UMPTda barcha suxbat bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlaganimdan so'ng, men dvigatel yig'ish va sinov liniyasining katta ustasi sifatida o'z faoliyatimni boshladim. Nixoyat, men uzoq vaqtdan beri izlayotgan narsamni bajarayotgan ishlarimdan qoniqish hissini his qila boshladim. UMPT men uchun bilim olishga ulkan imkoniyatlar va ishlab chikarish jarayonlarining zamonaviy boshqaruvi mujassam bo'lgan, yangi dunyo eshiklarini ochdi. Bu yerda har bir xodimga rivojlanish uchun individual yondashuv qo’llaniladi va har bir xatoga ko'nikma va bilimlarni mustahkamlash imkoniyati sifatida qaraladi. Shuni ta'kidlashni istardimki, agar inson muntazam ravishda bajarayotgan ishdan zavq olsa, demak bu hayotda o'zini topganini anglatadi. Konveyerli yig'ish liniyasidan chiqqan birinchi dvigatel haqida bizga gapirib bersangiz. Hozir zavodimizning ishlab chiqarish quvvati kuniga 1000ta dvigatelni tashkil etadi va biz bundan o'n yil oldin hammasi qanday sodir bo'lganligi haqida o'ylanmaymiz ham. O'n yil oldin bitta dvigatelni yig'ish uchun biz bir kun sarfladik va bu yutuq ortida ishga tushirish uchun butun jamoaning mashaqqatli mehnati yotardi. Liniyadan chiqarilgan birinchi o'zbek dvigateli sotuvga mo’ljallanmagan va iste'molchiga yetib bormagan bo'lsada, xorijlik xamkorlar va yosh maksad sari intiluvchan jamoamizning birgalikdagi mehnatining erkin ramzi sifatida xotiralarimizda abadiy saqlanib qoladi. Kuniga 1000 ta jaxon darajasidagi dvigatellar ishlab chiqarish kuchiga ega bo'lish uchun kompaniya qanday rivojlanish yo'lini bosib o'tishi kerakligini tasavvur qiling. Kompaniyamiz 2018 yilda xalkaro auditdan so'ng o'sha paytdagi "General Motors" korxonalari uchun eng yuqori daraja bo'lgan “BIQ 4” darajasini olganida, "Jahon sifati" maqomini qo'lga kiritdi. Doimiy takomillashtirish biznesdagi muvaffaqiyat kalitidir. Biz erishilgan yutuqlar bilan to'xtab qolmay, o'z oldimizga sohaning aylanish va rivojlanayotgan respublikamizga o'rnak olish mumkin bo'lgan korxona bo’lishdek yangi maqsadlarni ko’ydik.
Avtomobil sanoati bozorida raqobat kuchayib borayotgan sharoitda zavodimizni qanday tasavvur qilasiz? Biz o'zgarishlarga tayyormizmi?
UMPT O'zbekistonda ichki yonuv dvigatellarini ishlab chiqaruvchi yagona kompaniya hisoblanadi. Rivojlanayotgan raqobat sharoitida dvigatellarni qurish sohasida tayyorlangan texnik baza maxsus o'qitilgan mutaxassislarning mavjudligi butun sanoat sohasi uchun raqobatdagi ustunlikdir. Shuningdek, bizning kompaniyamiz, global ishlab chikarish tizimi GMЅni joriy etish va jarayonlarni takomillashtirishga uzluksiz ravishda intilish tufayli zamonaviy menejment usullarini qo’llash bo'yicha namuna bo’la oladi. O’rta muddatli istiqbolda biz mahsulotlarimiz tarkibini yangilaymiz hamda yanada yuqori samaradorligi va atrof-muhitga ta'sirining kamligi bilan ajralib turadigan yangi CSS Prime dvigatelini taqdim etamiz. Uzoq muddatli istiqbolda biz sohani o'zgartirishga va to'liq bozor tamoyillariga o'tishga tayyorgarlik ko’rmokdamiz. Buning uchun, ayniqsa an'anaviy avtomobildan elektromobillarga o'tishga qaratilgan global tendentsiyani hisobga olgan holda, o'zgarishlarga tayyor bo'lish, muhim qarorlarni tez va kat'iyat bilan qabul qilish kerak. Ichki yonuv dvigatellarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va joriy etish bo'yicha tajribamiz ishlab chiqarish tizimining BIQ 4 darajasigacha rivojlana olganligi biz muvaffaqiyatga erishish uchun barcha zarur sa'y-harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanligimizdan dalolat beradi.