"Biznes ahamiyati" dasturi doirasidagi sessiya
24 iyul kuni "Biznes ahamiyati" dasturi doirasida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi.
Treningni mahalliylashtirish, sanoat va axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo’yicha boshqaruvchi direktorning birinchi o‘rinbosari Shuhrat Shomirzaev olib bordi.
Shuhrat Shomirzaev ishlab chiqarish jarayonlaridagi asosiy yo‘qotishlar haqida batafsil so‘zlab berdilar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy misollar va vositalar bilan o‘rtoqlashdilar.
Ishtirokchilar shaxsan savollar berishdi va ishlab chiqarish holatlarini muhokama qilishdi.
Biznesning ichki tuzilishini — qadam ba qadam — tahlil qilishda davom etamiz.