Маrt 2023: UMPTda hashar
Navro'z ayyomi arafasida zavodimizda hashar o'tkazish an'anaviy tadbirga aylanib qolgan.
Bu yilgi Hasharimizda barcha bo'lim va uchastkalarning xodimlari ishtirok etdilar. Yo'l bo'ylab o'tadigan kanal atrofidagi hududni tozalash, shuningdek, Qrim qarag'ay daraxtlarini ekish ishlari olib borildi.

Kanalni tozalashda katta miqdordagi axlat yig'ildi. Qarag'aylar avtomobil to'xtash joyi hududiga ekildi.
Kanal hududi bahorning iliq ranglari bilan porlagan bo'lsa, ekilgan qarag'aylar kelgusida o'zining soya-salqinligi bilan quvonatiradi.