2025-yil 7-may kuni UMPT zavodida Alfraganus universiteti talabalari uchun tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi. Kelajakdagi mutaxassislar dvigatel ishlab chiqarishda qoʻllanilayotgan ilgʻor texnologiyalar va raqamli yechimlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Talabalar nazariy bilimlarning amaliyotda qanday qoʻllanilishini bevosita koʻrib, korxonaning mutaxassislari bilan muloqot qilishdi. Bunday tadbirlar yoshlarda kasbiy yoʻnalishni shakllantirishga xizmat qiladi, shuningdek, amaliyot oʻtash va ishga joylashish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. UMPT oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirishda davom etmoqda, malakali kadrlar tayyorlashni qoʻllab-quvvatlab sohaning rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshmoqda.