sayt sinov rejimida ishlaydi
Oktyabr 2021: ISO 14001 bo‘yicha yetakchi auditor treningi

“UzAuto Motors Powertrain” AJ xodimlari Smart Management tomonidan tashkil etilgan “ISO 14001 standarti bo‘yicha atrof-muhitni boshqarish tizimining yetakchi auditori” kursini muvaffaqiyatli yakunladilar.

Kurs doirasida ma'ruza materiallari bilan bir qatorda guruh darslari va biznes o'yinlari tashkil etildi. Trening davomida UMPT xodimlari ISO 14001: 2015 standartlari talablarini yaxshiroq tushunish, tahlil qilish imkoniyatiga va auditni o‘tkazish bo‘yicha tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, olingan bilimlar va ko`nikmalar kelajakda kompaniyaning atrof-muhitni boshqarish tizimini yanada takomillashtirishda muhim rol o'ynaydi.