sayt sinov rejimida ishlaydi
Mart 2023: UMPTda Navro'z Bayrami
Navro'z - nafaqat qayta tug'ilish va yangilanish ramzi bo'lgan qadimiy bayram, balki vaqtingizni hamkasblar bilan birgalikda o'tkazish uchun ajoyib bahona.
UzAuto Motors Powertrain xodimlarning madaniy hordiq chiqarishlariga katta e'tibor qaratadi. Aynan shuning uchun ham 17-mart kuni zavodimiz hududida yaqinlashib kelayotgan Navro'z ayyomini nishonlash tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida ko'pgina sport o'yinlari o'tkazildi. Xodimlar stol tennisi, arqon tortish, mashq qilish va shaxmat bo'yicha o'zaro bellashishdi.