2025-yil 20-may kuni UMPT da “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida maʻnaviy-maʻrifiy suhbat boʻlib oʻtdi.
Tadbirda O’zbekiston xalqaro Islom akademiyasi
dotsenti Sh.Akmalov, UMPT Bosh direktori v.v.b S.Gulyamov, Komplayens xizmati boshlig'i D.Saidmuradov, Ma'naviy va ma'rifiy ishlar va davlat tili qonunchiligiga rioya qilish bòyicha Bosh direktor maslahatchisi U.Jabbarov va UMPT ning barcha boshqarma va bo’linmalari xodimlari ishtirok etishdi.
O’zbekiston xalqaro Islom akademiyasi dotsenti Sh.Akmalov so’zga chiqib, din aslida, tinchlik va ezgulikni targʻib qilishi, dindan turli nopok maqsadlarda
foydalanishga yoʻl qoʻymaslik hamda, yoshlarimizning diniy, dunyoviy, ahloqiy va ilmiy salohiyatini yuksaltirish, maʼnaviy va diniy aqidaparastlikning har
qanday koʻrinishlarining oldini olish, yurt istiqboli uchun sadoqat va tinchlikni asrash bilan bogʻliq jihatlarni shakllantirish kabi mavzularda chiqish qildi.
Jaholatga qarshi kurashish —bu insoniyat taraqqiyotining, ma'naviy va ilmiy yuksalishining ajralmas qismidir. Jaholat — bu bilim, tafakkur va haqiqatga zid bo‘lgan qarashlar, e’tiqodlar va amallar majmui bo‘lib, u jamiyatda zo‘ravonlik, adolatsizlik, irqchilik, ekstremizm va boshqa illatlarning ildizidir.
Davra suhbati davomida jaholatga qarshi kurashish yo‘llari, din, urf-odat va qadriyatlar asosida sog‘lom jamiyatni qurish, aql, ilm, sabr va adolatni targ‘ib etish, teatr, kino, adabiyot orqali jaholat oqibatlarini ko‘rsatish, shuningdek odamlarda mehr-oqibat, tushunish, bag‘rikenglikni uyg‘otish kabi harakatlar zarurligi to’g’risida fikr almashildi.
Shu bilan birga, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida ham toʻxtalib, har bir ishni puxta bajarish zarurligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev har yili Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaat qilib: “Butun dunyoda kuchayib borayotgan
radikalizm, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik kabi xatarlar afsuski, bizni ham chetlab oʻtmayapti. Lekin, takror aytaman, musulmon ummatiga saboq bergan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi buyuk ulamolar yetishib chiqqan bizning diyorimizda bu borada adashganlar, radikalizm va ekstremizm gʻoyalariga berilganlar boʻlishi mumkinmi? Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzgʻunchi yot gʻoyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, maʼrifat oʻrnini jaholat egallashiga yoʻl qoʻymaymiz”.
Darhaqiqat, bugun Oʻzbekistonning har
bir fuqarosi, kim boʻlishidan qatʼi nazar, yanada hushyorroq va sergakroq boʻlishi shart. Bu zamon talabi.