UMPT Technovation Girls Uzbekistan dasturi tadbirida qatnashdi

31-may kuni Toshkent shahrida butun Respublikadan qizlarni birlashtiradigan va ularni texnologiyalar yordamida o‘z jamiyatlaridagi muhim ijtimoiy muammolarni hal qilishga ilhomlantiradigan Technovation Girls Uzbekistan dasturining yakuniy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Qizlar jamoalari O’zbekistonda ekologiya, gender tengligi va inklyuziya muammolarini hal qilishga qaratilgan 88 ta ijtimoiy ilova ishlab chiqishdi.

 

Ekologiya sohasi doirasida "Uz Auto Motors Powertrain" kompaniyasi Namangandan “Let’s go, Girls!” jamoasining loyihasini ta’qdirladi. Qizlar “Sharing is Caring” nomli ilovani ishlab chiqdilar va bu ilova meyoridan ortiq iste’mol va resurslar tanqisligiga qarshi kurashish, hamda chiqindilar hajmini kamaytirishga yordam beradi. Jamoaga UMPT kompaniyasidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

*Technovation Girsl tanlovi 2010-yildan buyon dunyoning 100+ mamlakatida, 2016-yildan esa O'zbekistonda o'tkazilmoqda. Loyiha maqsadi: qizlarda (10-18 yosh) tanqidiy fikrlash, tadbirkorlik va dasturlash ko'nikmalarini rivojlantirishdir.