2023-yil mart: “O‘zavtosanoat” KS Huayu AluTech Group bilan birgalikda O‘zbekistonda alyuminiy dvigatel qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini ishga tushiradi

“O‘zavtosanoat” Aksiyadorlik jamiyati KS Huayu AluTech Group Kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda dvigatellarning alyumin ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish loyihasini yo‘lga qo‘yadi.

“O‘zavtosanoat” Aksiyadorlik jamiyati alyumin detallarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi: 1 mart kuni Germaniyaning Berlin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi “O‘zavtosanoat” vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etgan Olmon-o‘zbek biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida «O‘zavtosanoat» vakili Shavkat Umurzakov KS Huayu AluTech Group (Germaniya/Xitoy) kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladigan dvigatellarga alyumin detallar ishlab chiqarishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan maslahatlashuv suhbatlari o‘tkazdi.

Hamkorlik kelishuvlari jarayonida Olmon-Xitoy qo‘shma korxonasi boshqaruvchi direktorlari Ralf Lins va Mixael Shaflerlar UzAuto Motors zavodida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar xajmi oshishi shartlari asosida, hamkorlikning yuqori salmoqli bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Blok silindrlarini loyihalashtirish va ishlab chiqarishda yuqori malakaga ega bo‘lgan KS Huayu kompaniyasi UzAutoning GEM Tracker va Onix yengil avtomobillari uchun CSS Prime yangi avlod dvigatellarini mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishda ishonchli hamkor bo‘ladi.

CSS Prime yangi avlod dvigatellarini ishlab chiqarish UzAuto Motors Powertrain zavodida 2022 yil dekabr oyida yo‘lga qo‘yilib, o‘ta yuqori texnologiyali kuch agregati ishlab chiqarilishi avtomobilsozlik sohasida rivojlanishning yangi bosqichga erishilganligini namoyon etdi.

Ushbu dvigatellarga alyumin blok silindrlarini quyish, ularni yuqori aniqlikda qayta ishlashni tashkil etish o‘zbek mahsulotining raqobatbardoshligini oshirishga zamin yaratib, import o‘rnini bosishni 24,7 mln. AQSh dollariga, mahsulot tan narxini esa 4,7 mln. AQSh dollariga pasayishtirish imkonini beradi.

Butun sikl bo‘yicha alyumin bloklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasining 22,6 mln. AQSh dollarlik yillik aylanma bilan qiymati 27,0 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.

UzAuto Motors Powertrain korxonasida yillik 190 ming dona ishlab chiqarish quvvati bilan zamonaviy quyuv sexi va yuqori aniqlikda detallarini qayta ishlash sexini tashkil etish uchun qo‘shimcha 1540 kv.m. ishlab chiqarish maydoni ajratiladi.

Shuningdek, ushbu loyiha doirasida korxonada qo‘shimcha 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Qismlarni quyish va qayta ishlash kompleksi qayta ishlashning barcha bosqichlarini qamrab oladi, hususan:

quyish;

Yuqori bosim ostida shakllarga quyish;

Birlamchi mexanik ishlov berish;

Yuqori aniqlikdagi mexanik ishlov berish.

Shuningdek, muzokaralar jarayonida o‘zbek mutaxassislarini ilg‘or olmon amaliyotchilari bazasida malasini oshirish va o‘qitishni tashkil etish yuzasidan ham kelishuvlarga erishildi.

Avtomobilsozlik sohasiga yangi texnologiyalarni joriy etish bilan birga, olmon sheriklar bilan hamkorlikdagi ushbu loyixa ishlab chiqarish va boshqaruv sohasida katta miqdordagi yuqori malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish imkonini beradi.

Hozirgi kunda UzAuto Motors Powertrain korxonasida 66 kVt (89 l\s) quvvatli CSS Prime 1.2 LIF atmosfera dvigateli va 97 kVt (131 l\s) quvvatli CSS Prime 1.2 L4H turbopurkagichli dvigatellari ishlab chiqarilmoqda.

CSS Prime loyihasi doirasida jalb qilingan investitsiyalar xajmi 190 mln. AQSh dollarini tashkil etib, bu ishlab chiqarish quvvatini yiliga 400 ming donaga, shundan 190 ming dona CSS Prime dvigatellari, oshirishga erishildi.

Yangi liniya Fransiya, Germaniya, Xitoy va Janubiy Koreya kabi yetuk ishlab chiqaruvchilarga oid zamonaviy uskunalardan tashkil topgan va ularning 55% robotlashtirilgan.

KS Huayu AluTech GmbH — kompaniyalar guruhi tarkibiga Rheinmetall AG (Germaniya) va Huayu Automotive Systems Co. Ltd. (HASCO, Xitoy) korxonalari kiradi. Etuk engil alyumin komponentlar ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida, KS Huayu va KPSNC Germaniya va Xitoyda ishlab chiqarish quvvatlariga egalar.