sayt sinov rejimida ishlaydi
Turin politexnika universitetida UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bosh direktori Bo Inge Andersson bilan mehmon ma'ruza

Turin politexnika universitetida UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bosh direktori Bo Inge Andersson bilan mehmon ma'ruzasi bo'lib o'tdi.

 

 


Uchrashuv davomida talabalar avtomobilsozlik sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega yetuk mutaxassisning kasb yo‘li bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldilar.
Ma’ruza davomida janob Andersson talabalarga qimmatli maslahatlar berdi, xalqaro tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va ularning barcha savollariga atroflicha javob berdi. Eng qiziqarli savol egalari va viktorina g‘oliblari UzAutoMotors Powertrain kompaniyasi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

 

Turinlik talabalar bilan ilg‘or tajriba va bilimlarimizni baham ko‘rishdan xursandmiz!