31 May - Butunjahon chekishga qarshi kuni.
UMPT xodimlari uchun “Chekishdan voz kechish vaqti keldi” deb nomlangan dastur o’tkazildi.
Bugun, erta tongda ishga kelayotgan ishchilarni Tibbiyot xodimlari tomonidan iliq tabassum bilan kutub olinib, chekuvchilarga chekishni tashlash uchun tavsiyalar tarqatildi. Chekmaydiganlar esa “BIZ CHEKISHGA QARSHIMIZ” shiori ostida o’z dastxatlarini qoldirishdi. Shuningdek, xodimlar bilan birgalikda ertalabki badantarbiya mashqlari va chekuvchilar va chekmaydiganlar orasida musobaqalar o’tkazildi.