CDM

4-iyun kuni CDM loyihasi doirasida “Professionallik — muvaffaqiyat kaliti sifatida: boshlovchi mutaxassisdan ekspertlikkacha bo‘lgan yo‘l” mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi.


Sessiyani UMPT bosh direktori v.b. Saidazim Gulyamov ochib berdi va jamoa ichida professional ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda tajriba almashinuvi juda muhim ekanligini ta’kidladi.


Tadbir spikerlari — Asfandiyarov Ruslan, Rostaev Denis, Abdullayev Zafar hamda STEAM bitiruvchilari Sherbekov Sherbek, Xalilov Rovshan va Xo‘jayev Bahrom o‘zlarining karyera yo‘llari haqida so‘zlab berishdi, muvaffaqiyat sari olib borgan muhim bosqichlar va bu yo’lda duch kelgan qiyinchiliklari bilan o‘rtoqlashishdi. Shuningdek, ishtirokchilarga foydali tavsiyalar va amaliy maslahatlar berishdi.


Ishtirokchilar spikerlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning shaxsiy tajribalaridan amaliy maslahatlar olish imkoniyati paydo bo’lganidan mamnun ekanliklarini alohida e’tirof etishdi.
Sessiya yakunida Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori Izzat Abdullayev so’zga chiqib, bunday tadbirlarda xodimlar ishtirokining muhimligini qayd etdi, barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildib, spikerlar hamda eng faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.