28 May, 2024 yil, Toshkent
"O'zavtosanoat" AJ tarmoq korxonasi hisoblangan "Uzauto Motors Powertrain" AJ keyinchalik Genersl Motors Koreada sinovdan o'tkazish uchun birinchi mahalliylashtirilgan silindr bloklari quyushini muvaffaqiyatli amalga oshirishga erishdi. Kelgusi 3 oy davomida sinovdan o'tganidan so'ng, bloklar Asaka shahridagi "Uzauto Motors" zavodida ishlab chiqarilayotgan Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun льCSS-Prime yangi avlod dvigatellarini yig'ishda foydalaniladi.
Yangi blok silindrlarni eritish va qayta ishlov berish kompleksi alyuminiyga qayta ishlov berishning barcha: eritish, yuqori bosim ostida shakllarda quyish, rang berish, birlamchi mexanik ishlov berish, yuqori aniqlikdagi mexanik ishlov berish bosqichlarini o’z ichiga oladi. Alyumin blok silindrlarni eritish va yuqori aniqlikdagi mexanik ishlov berishni tashkillashtirish Kompaniyaga import hajmini 24,7 mln AQSh dollariga, mahsulot tan narxini esa 4,7 mln AQSh dollariga tushurishga imkon beradi.
2022-2023 yillarda UzAuto Motors Powertrain tomonidan 66 кВт (89 ot\k) quvvatga ega CSS Prime 1.2 LIF atmosfera dvigatellari va 99 кВт (131 ot\k) quvvatga ega turbo quvvatlanuvchi dvigatellarining yig’ish va mexanik ishlov berish o’zlashtirilganligini eslatib o’tish lozim. CSS Prime loyihasi uchun kiritilgan investisiya miqdori 170 mln AQSh dollarini tashkil qilib, bu holat zavoddagi ichki yonuv dvigatellar ishlab chiqarish hajmining yillik 415 ming dona yetkazish imkonini berdi. Blok silindrni mahalliylashtirish loyihasining muhandisligi Rheinmetall AG (Germaniya) и Huayu Automotive Systems Co. Ltd. (HASCO, Xitoy) kompaniyalari tarkibiga kiruvchi KS Huayu AluTech GmbH Kompaniyasi tomonidan to’liq dastaklandi.