Ijtimoiy sheriklar bilan oʼzaro hamkorlikni takomillashtirish, xodimlarga sogʼlom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar Kengashi Ijroiya qoʼmitasi qaroriga koʼra “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʼyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan “Iqlim oʼzgarishining mehnat xavfsizligi va gigienasiga taʼsiri shiori ostida Respublika koʼrik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi oʼtkazilib nominatsiyalar gʼoliblari aniqlandi.
Shu munosabat bilan bizning korxonamiz koʼrik-tanlovda ishtirok etib Eng yaxshi tashkilot nomenanti boʼyicha 3-chi oʼrin egalladi!