Joriy yilning 26- fevral kunida Toshkentdagi Vestminster Xalqaro Universiteti tomonidan o‘tkazilgan WIUT 2025 stajirovka yarmarkasida bizning kompaniya ishtrok etdi.
Ushbu tadbir Toshkentdagi Vestminster Xalqaro Universiteti talabalari va yosh mutaxassislar uchun kompaniyalar tomonidan taklif etilayotgan stajirovka imkoniyatlari bilan tanishish uchun tashkil etilgan. Tadbir talabalar uchun faqatgina yirik kompaniyalarda ishga joylashish imkoniyatlarini bilib olish uchun emas, balki ularga kelajakdagi professional o‘sishlari uchun foydali bo‘ladigan amaliy tajriba orttirish imkoniyatidir.
Bizning kompaniyamiz uchun yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va ularga tez o‘zgarayotgan dunyoda o‘z o‘rnini topishda yordam berish juda muhimdir. Stajirovkalar nafaqat talabalar uchun, balki kompaniyalar uchun ham yangi g‘oyalar va kelajakdagi perspektiv xodimlarni topish imkoniyatini taqdim etadi.