Aprel 2021: Qushlar Kuni

1 aprel kuni Toshkentda bahorning ekologik bayrami - Xalqaro qushlar kuni bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Qushlarni Himoyalash Jamiyati tashabbusi bilan ushbu kunga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi. Har yili UzAuto Motors Powertrain Xalqaro qushlar kuni tadbirlarini qo'llab-quvvatlaydi va xodimlar o'z farzandlari bilan tadbirlarda faol qatnashadilar. Bu yil bolalar uchun "Qushlarning uyalashiga yordam beramiz!" mahorat darsi tashkil etildi. Bu yilgi Qushlar kunida 7 yoshdan 13 yoshgacha bo'lgan maktab o'quvchilari qatnashdilar. Ushbu tadbirda kompaniya volontyorlari va xodimlarining farzandlari ham ishtirok etdilar. O’zbekiston Qushlarni Himoyalash jamiyati UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi rahbariyatiga mukofotlar va tadbirni qo'llab-quvvatlagani uchun o’z minnatdorchilgini bildirdi.