UMPT zavodiga Oriental Universiteti talabalari tashrif buyurdi
25 aprel 2025у. UMPT zavodida Oriental Universiteti talabalari uchun tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi. Kelajakdagi mutaxassislar avtomobil sanoatida qoʻllanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va raqamli yechimlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Tashrif doirasida oliy taʼlim muassasalari va sanoat korxonalari oʻrtasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar bilim va tajriba almashinuvining innovatsiyalarni rivojlantirish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini muhokama qilishdi.
Talabalar nazariy bilimlarining amaliyotda qanday qoʻllanilishini bevosita koʻrishdi va korxona mutaxassislari bilan muloqotda boʻlishdi. Bunday uchrashuvlar yoshlarda kasbiy yoʻnaltirishni shakllantiradi va amaliyot oʻtash hamda ishga joylashish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
UMPT oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikni kengaytirishda davom etadi, malakali kadrlar tayyorlashni qoʻllab-quvvatlaydi hamda soha rivojiga oʻz hissasini qoʻshmoqda.