sayt sinov rejimida ishlaydi
ISHCHILARNING KASABA UYUSHMALARI
2022 yil yanvar: Tadbirkor ayollar uchun murabbiylik dasturining yakuniy tadbiri!“Ishchilarning kasaba uyushmalari anchayin uzoq tarixga ega boʼlib, XVIII asrda ilk “treyd yunionlar” paydo boʼlishi qadimiy Angliyaga borib taqaladi.  
 
Zamonaviy kasaba uyushmalari koʼp jihatdan oʼzgardi, shuningdek ommaviy ish tashlashlar amaliyotidan uzoqlashgan holda barcha nizolarni muzokaralar yoʼli bilan hal etishga intilish orqali ishga yondashuv ham oʼzgardi.
 
Biroq, ularning mohiyati oʼzgargani yoʼq – ishchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish.UzAuto Motors Powertrain kompaniyasining kasaba uyushmasi – korxonamizning eng muhim organlaridan biridir.UzAuto Motors Powertrain kompaniyasining kasaba uyushmasi qoʼmitasi ishchi jamoaning ijtimoiy va mehnat huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni kafolatlaydi, shuningdek kasaba uyushmasi aʼzolariga moddiy yordam, madaniy-maʼrifiy va sport-sogʼlomlashtirish tadbirlari, sanatoriy va kurortlarga yoʼllanmalar va boshqa qoʼshimcha yoqimli bonuslar kabi imtiyozlar va mukofotlar tizimini taqdim qiladi. 
 
Ushbu hafta davomida kasaba uyushmasi qoʼmitasi aʼzolarining zavod ishchi-xodimlari bilan birgalikda bir nechta uchrashuvlari boʼlib oʼtdi, ular davomida kasaba uyushma qoʼmitasi raisi Temur Yanchinov oʼtgan 2022 yil mobaynida kasaba uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida soʼz yuritib, kasaba uyushma jamgʼarmasidan foydalanish boʼyicha hisobot berdi va kasaba uyushma aʼzolari oladigan imtiyozlar haqida soʼzlab berdi. Kasaba uyushmasi tufayli har bir xodim oʼz manfaatlari va huquqlari himoya qilinishiga ishonch hosil qilishi mumkin. “