Mart 2023: Qonunga rioya qilish - ishdagi ustuvor vazifa!
"UzAuto Motors Pawertrain" Kompaniyasi ish beruvchi va xodim o'rtasidagi mehnat munosabatlarini qat'iy ravishda qonun doirasida qurishga, shuningdek, qonun hujjatlarining, jumladan, mehnat qonunchiligi sohasidagi hujjatlarning ijrosini o'z vaqtida va sifatli bajarishga katta e'tibor qaratadi.
 
 Ta’kidlash joizki, 2023-yil 30-apreldan boshlab O'zbekiston Respublikasining yangi Mehnat Kodeksi kuchga kiradi. Shu munosabat bilan mehnat munosabatlarini tartibga solish sohasidagi jarayonlarni to'g'ri olib borish, shuningdek, yangi jarayonlarni joriy etish maqsadida, хodimlar bilan ishlash departamentining bir guruh xodimlari "Yangi Mehnat Kodeksi - asosiy o'zgarish va qo 'shimchalarni ko’rib chiqish" kursida qatnashdilar.

Ushbu kurs Mehnat Kodeksining yangi tahriri xususiyatlari va yangi jarayonlarni qonunga muvofiq yo’lga qo’yishga hamda uning o’ziga xos jihatlarini tushunishga yordam berishga qaratilgan.
Doimiy ravishda xodimlarning malakasini oshirish Kompaniya korporativ madaniyatining asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.