sayt sinov rejimida ishlaydi
Iyun 2021: Butunjahon atrof-muhit kuni

UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi Butunjahon atrof-muhitni himoya qilish kunini Ugam-Chotqol davlat biosfera "Suqoq" qo'riqxonasida nishonladi

Hozirgi vaqtda yovvoyi asalarilarning yo'q bo'lib ketishi muammosi global miqyosga yetgan. Asalarilar butun dunyoda yo'q bo'lib ketmoqda va ko'plab g'amxo'r kishilar bu jarayonni to'xtatishga harakat qilishmoqda. 2021 yil 5-iyun kuni Ugam-Chotqol davlat biosfera "Suqoq" qo'riqxonasida "UzAuto Motors Powertrain" kompaniyasi xodimlari Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunini o'tkazdilar. Ishlab chiqarishdan chiqqan yog'och chiqindilaridan tayyorlangan yovvoyi asalarilar uchun uyalar qo’riqhona hududi bo’ylab joylashtirildi. Asalarilar qishloq xo'jaligi, butun ekotizim va gulli o'simliklarning changlanishi uchun muhim vazifani bajaradi. Tadbir so'ngida zavod xodimlari qo’riqhona bo’ylab ekologik sayohat uyushtirishdi va chiqindilarni ham yig’dilar.

Ugam-Chotqol davlat biosfera qo'riqxonasi rahbariyati UzAuto Motors Powertrain kompaniyasiga global ekologik inqirozni qisman bartaraf etishga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

2018 yilda UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bo'yicha oltin maqomga ega bo'lgan Xalqaro Wildlife Habitat Council (WHC) tomonidan sertifikatlandi. Korxona bio xilma-xillikni muhofaza qilish sohasida: daraxtlarni asrash, qushlarning yashash muhitini kuzatish, changlatuvchilarni jalb qilish va ekologik xabardorlikni oshirish bo'yicha loyihalarni amalga oshiradi. Ushbu loyihalarda kompaniya xodimlari va volontyorlar faol qatnashmoqdalar.